Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 010,45EUR 13 200,69RUB 145,64Chorshanba, 18-noyabr 2026-yil
Sport

Chusovitina 51 yoshida 2028 yilgi Olimpiadaga tayyorlanmoqda: «Kvalifikatsiyadan oʻtsam — yoqimli bonus boʻladi»

Oksana Chusovitina 2028 yilgi Olimpiadaga ehtimoliy kvalifikatsiya uchun mashq qilayotganini, biroq uni asosiy maqsad deb hisoblamasligini aytdi.

18-noyabr, 18:50
sports.ru

Hozir gimnastikachi tiklanish davrini boshdan kechirmoqda. U vaqtining asosiy qismini oʻz sport maktabiga ajratmoqda. Sportchining soʻzlariga koʻra, u Olimpiadaga tayyorgarlikni toʻxtatmagan, ammo bunga xotirjam, bosimsiz, shaxsiy maqsad sifatida qarayapti.

«Men shunchaki urinib koʻrmoqchiman. Mashq qilyapman, lekin bunga haddan tashqari berilib ketmayman: amalga oshmasa — amalga oshmaydi, hayot shu bilan tugamaydi. Agar Olimpiya litsenziyasini olsam, bu yoqimli bonus boʻladi», — dedi Chusovitina.

U bu yilgi jahon chempionatini ataylab oʻtkazib yubordi. Turnir reyting ochkolarini bermasdi va Olimpiadaga yaqinlashtirmasdi, unda qatnashish uchun esa yana bir tayyorgarlik siklidan oʻtish kerak boʻlardi. Gimnastikachi kuchini asrashga va toʻlaqonli tayyorgarlikni keyingi mavsumdan boshlashga qaror qildi. Agar saralashdan oʻtsa, 2027 yilgi jahon chempionatiga borishni rejalashtirmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Chusovitina soʻnggi jahon chempionatida qoʻllangan hakamlikdagi sunʼiy intellekt haqida ham fikr bildirdi. Koʻplab gimnastlarga elementlarning murakkabligi hisoblanmaganidan, ular bu elementlarni yaqqol bajargan boʻlsa-da, hayratlanganini aytdi. Sportchining fikricha, sunʼiy intellekt gimnastikani haddan tashqari dasturlashtirib yubormoqda, inson omili esa atlet foydasiga ishlashi kerak. «Aynan sport gimnastikasida men sunʼiy intellektni qoʻllab-quvvatlamayman», — deya taʼkidladi u.

Chusovitina avval bajargan murakkab sakrashlarni dasturga qaytarishni hamon istaydi. Hozircha bunga kichik jarohatlar xalaqit bermoqda, shu sababli u kelasi yildan boshlab sogʻligʻini sinchiklabroq kuzatishni rejalashtirmoqda. Gimnastikachi mashgʻulot rejasini qayta koʻrib chiqadi: tayanib sakrashga koʻproq vaqt ajratadi, ayrim kunlari esa ikki mahal mashq qiladi. «Kuchim bor, buni his qilyapman, shuning uchun hech qanday toʻsiqni koʻrmayapman», — deya qoʻshimcha qildi u.