RUUZEN
Soʻnggi yangiliklarBugun: Dushanba, 12-oktabr 2026-yil
MB kursi1 USD 11897.90 UZS1 EUR 13336.36 UZS1 RUB 140.18 UZS
Reklama
Reklama
Biznes

Abunayyan Holding Fargʻona viloyatidagi investitsiya loyihalariga qiziqish bildirdi

Holding viloyatda qurilish, turizm va nasos tizimlarini modernizatsiya qilish loyihalarida ishtirok etish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda, deb xabar beradi Gov.uz.

Muharrir: Азиза12-oktabr, 13:13
Tasvir sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan

Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Saudiya Arabistoniga ishchi tashrifi doirasida viloyatning investitsiya loyihalarini Abunayyan Holding kompaniyasiga taqdim etdi. Takliflar qatoridan kanallarni betonlash, nasos agregatlarini energiya tejamkor qurilmalarga almashtirish va turizm infratuzilmasini rivojlantirish oʻrin olgan.

Abunayyan Holding — bosh qarorgohi Ar-Riyodda joylashgan, suv xoʻjaligi, energetika va neft-gaz sanoati sohalarida faoliyat yurituvchi xalqaro xolding. Kompaniyada 4 500 dan ortiq xodim ishlaydi va u 12 dan ziyod biznes yoʻnalishida faoliyat olib boradi.

Tomonlar takliflarni batafsil oʻrganish va hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

Manba: gov.uz

Yana oʻqing