Ferrari Xemilton va Lekler toʻqnashuvidan soʻng asosiy pilot maqomi haqida oʻylamoqda
Poygadagi pilotlarning takroriy toʻqnashuvlari jamoani ichki munosabatlarni qayta koʻrib chiqishga majbur qildi. Ekspertlar yetti karra jahon chempioni Lyuis Xemiltonga ustunlik berish kerakmi, degan masalani muhokama qilmoqda.

Ferrari rahbariyati Lyuis Xemilton va Sharl Lekler oʻrtasidagi munosabatlar muammosiga duch keldi. Bunga Las-Vegas Gran-prisida pilotlarning navbatdagi toʻqnashuvi sabab boʻldi. Oltinchi oʻrin uchun kurash vaqtida Lekler jamoadoshining bolidiga tegib ketdi va Xemiltonning mashinasi aylanib ketdi. Hakamlar monakolik pilotni aybdor deb topib, unga 10 soniyalik jarima tayinladi. Yakunda u oʻninchi, Xemilton esa yettinchi oʻrinni egalladi.
Avvalroq pilotlar Mexiko Gran-prisida ham ziddiyatga kirishgan, u yerdagi kurash Ferrariʼning gʻalaba uchun kurashishiga xalaqit bergan edi. Jamoa rahbari Frederik Vasser bunday vaziyatlarning takrorlanishini nomaqbul deb atadi.
Sky Sports muammoni hal qilishning bir nechta variantini muhokama qilmoqda: Xemiltonni asosiy pilot etib tayinlash, jamoadoshlar oʻrtasidagi kurash uchun yanada qatʼiyroq qoidalar joriy etish yoki hozirgi yondashuvni saqlab qolish. Xemiltonning oʻzi esa qaror jamoaga tegishli ekanini aytdi.
Ferrari 2027 yilgi mavsum oldidan pilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyishi kerak. Oʻshanda jamoa yana chempionlik unvoni uchun kurashishni rejalashtirmoqda.




