Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Oʻzbekiston va Cambridge pedagoglarni rivojlantirishni muhokama qildi

18 noyabr kuni Toshkentda Oʻzbekiston, Cambridge Partnership for Education va UNICEF vakillari oʻqituvchilar kompetensiyasini rivojlantirish hamda hamkorlikni muhokama qildi.

20-noyabr, 00:09

Uchrashuv Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida boʻlib oʻtdi. Unda xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari ham qatnashdi.

Tomonlar xalqaro tajribani hisobga olgan holda zamonaviy oʻqitish metodikalarini joriy etish va malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytirishni koʻrib chiqdi. Yakunda pedagoglarning kasbiy rivoji va taʼlim sifati sohasidagi hamkorlikning keyingi yoʻnalishlari kelishib olindi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media