Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Nvidia aksiyalari bir kunda 12 foizga tushdi, umumiy yoʻqotishlar $2,5 trln.dan oshdi

20 noyabr kuni Nvidia aksiyalari kompaniyaning buxgalteriya hisobiga SECning fuqarolik tekshiruvi taalluqli ekani haqidagi xabarlar ortidan qariyb 12 foizga pasaydi.

21-noyabr, 15:15
nikkei.com

Savdo sessiyasi toʻliq yakunlanmasidan kompaniyaning bozor kapitallashuvi qariyb $400 mlrd.ga kamaydi, oktabrdagi choʻqqisidan buyon esa yoʻqotishlar $2,5 trln.dan oshdi. Nvidia AQShdagi kompaniyalar reytingida Apple, Microsoft va Alphabetdan keyin toʻrtinchi oʻringa tushdi. Hisobot maʼlumotlari buzib koʻrsatilgani haqida xulosa yoʻq, SEC esa aynan qaysi operatsiyalar tekshirilayotganiga aniqlik kiritmayapti.

Tekshiruv haqida 17 noyabr kuni, hisobot eʼlon qilinishidan bir kun oldin maʼlum boʻldi: choraklik tushum 103 foizga oshib, $115,8 mlrd.ga yetgan. Kompaniya batafsil 10-Q shaklini taqdim etishni bir necha haftaga kechiktirdi. Nvidia direktorlar kengashining mustaqil qoʻmitasi ham oʻz tekshiruvini olib bormoqda. Debitorlik qarzdorligi 64 kunlik savdo hajmiga yetdi — bu 2022 yildan beri eng yuqori koʻrsatkich.

Singapurdagi tushum yuzasidan ham savollar bor: 2025 yilda mahalliy boʻlinma orqali qariyb $104 mlrd oʻtgan. AQSh rasmiylari Singapurdagi Megaspeed kompaniyasini Nvidia chiplarini Xitoyga yoʻnaltirganlikda gumon qilmoqda, Nvidia esa 2025 yil iyunida unga chip sotishni toʻxtatgan.

AQSh moliya vaziri Skott Bessent direktorlar kengashidan oʻn kun ichida javob kutmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media