Toshkent viloyatining toʻrt tumani uchun fazoviy rivojlanish rejalari ishlab chiqiladi
Loyiha hududni barqaror rivojlantirish va mahalliy aholi manfaatlarini hisobga olishga qaratilgan, deya xabar berdi kompaniya.

Условия / Shartlar / Terms
Own work · Изменён размер и формат файла.Xalqaro Arup kompaniyasi Toshkentdagi IKS Consulting bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining fazoviy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqadi. Ishlar toʻrtta tumanni qamrab oladi: ularda bosh rejalar va hududiy strategiyalar tayyorlanadi.
Shartnoma Iqtisodiyot va moliya vazirligi ishtirokida, «Oʻzbekiston — 2030» milliy strategiyasi doirasida tuzilgan. Loyihani Jahon banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki moliyalashtiradi.
Loyiha doirasida rejalashtirish jarayonida ularning ehtiyojlarini hisobga olish uchun ayollar, yoshlar va aholining zaif qatlamlarini muhokamalarga jalb etish rejalashtirilgan. Asosiy yoʻnalishlar — turizm, infratuzilma, transport va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirish, shuningdek, shahar bilan qishloq oʻrtasidagi tafovutni qisqartirish.


