Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Siyosat

YI Rossiya bayrogʻi ostidagi sportchilarni oʻz hududiga kiritmaslik niyatida

Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Rossiya jamoalari va Rossiya bayrogʻi ostida qatnashadigan sportchilarning YI hududidagi sport tadbirlarida ishtirok etishini taqiqlash rejalari haqida maʼlum qildi.

24-noyabr, 23:17
livesport.ru

Yevrokomissiya, shuningdek, sportda Rossiyaning rasmiy ramzlarini namoyish etishni taqiqlashni taklif qilmoqda. Bu haqda fon der Lyayen 23-noyabr kuni maʼlum qildi.

Bundan tashqari, YI Yevropada joylashgan sport va madaniyat assotsiatsiyalarini rossiyalik homiylar tomonidan moliyalashtirishni cheklash niyatida. Rossiya fuqarolariga Yevropada joylashgan sport federatsiyalarida rahbarlik lavozimlarini egallash taqiqlanishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media