Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 066,22EUR 13 444,18RUB 149,74Juma, 30-oktabr 2026-yil
Biznes

Microsoft obligatsiyalar chiqarish orqali 25 mlrd dollar jalb etishni rejalashtirmoqda

Microsoft sunʼiy intellekt infratuzilmasiga katta hajmdagi investitsiyalar fonida 25 mlrd dollarlik obligatsiyalarni joylashtirishini eʼlon qildi. Bu haqda CNBC xabar berdi.

30-oktabr, 15:14

Kompaniya investorlarga soʻndirish muddatlari turlicha boʻlgan qarz qimmatli qogʻozlarini taklif qildi. Joylashtirish oʻnta chiqarilishga boʻlingan.

Microsoft jalb qilingan mablagʻlarni umumkorporativ maqsadlarga, jumladan, kapital xarajatlar, joriy faoliyatni moliyalashtirish, aktivlarni sotib olish, aksiyalarni qayta sotib olish va mavjud qarzlarni soʻndirishga yoʻnaltirmoqchi.

CNBC maʼlumotlariga koʻra, kompaniya 2026 yilda 170 mlrd dollar miqdorida kapital xarajatlarni rejalashtirmoqda. Investitsiyalarning katta qismi maʼlumotlar markazlari hamda sunʼiy intellekt uchun hisoblash infratuzilmasini rivojlantirish bilan bogʻliq.

Obligatsiyalarni joylashtirishni yakunlash 2026 yil 4 noyabrga rejalashtirilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing