Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Huawei chiplari Xitoydagi sunʼiy intellekt bozorining yarmini egalladi, Nvidia ulushi 8 foizgacha tushdi

Huawei Connect konferensiyasida kompaniya toʻrt yil ichida Xitoydagi sunʼiy intellekt tezlatkichlari bozorida Nvidiaʼni yetakchilikdan siqib chiqargani maʼlum qilindi.

8-oktabr, 14:12
Winston Chen / Unsplash

2022 yilda Huaweiʼning Ascend seriyali chiplari Xitoy bozorining atigi 3 foizini egallagan, Nvidia esa 95 foiz ulushga ega edi. Hozir Ascend chiplari ulushi 50 foizga yetgan boʻlsa, Nvidiaʼda bu koʻrsatkich 8 foizni tashkil etmoqda.

Bu oʻzgarishlar AQShning eksport cheklovlari bilan bogʻlanmoqda: 2023 yildan boshlab ular Xitoy kompaniyalarining Nvidiaʼning yuqori unumdor tezlatkichlaridan foydalanish imkoniyatini yopdi. Bunday chiplarga talab saqlanib qoldi va Huawei boʻshagan bozor qismini tezda egallay oldi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media