Sankt-Peterburgda migrantlar uchun 2027-yil mehnat patenti narxi oshirildi
2027-yildan tashkilotlar va YTTlarda ishlash patenti 11 ming rubl, jismoniy shaxslar qoʻlida ishlash patenti 15,6 ming rubl boʻladi. Qaror 18-noyabrda qabul qilindi.

Sankt-Peterburgda tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlarda ishlaydigan xorijiy fuqarolar uchun mehnat patentini rasmiylashtirish va uzaytirish narxi 3 ming rublga qimmatlab, 11 ming rublga chiqadi. Jismoniy shaxslarning shaxsiy, uy-roʻzgʻor va shunga oʻxshash xoʻjaliklarida ishlaydigan migrantlar uchun toʻlov 15,6 ming rublni tashkil etadi.
Summani hisoblash uchun bazaviy qatʼiy avans toʻlovi stavkasi 1,2 ming rubl boʻlgan holda, hududiy koeffitsiyent 3,049457 etib belgilandi. Leningrad viloyatida ham toʻlov miqdorlari xuddi shunday boʻladi: ikki hudud maʼmuriyatlari avvalroq aglomeratsiya hududida patentning yagona narxi boʻyicha kelishib olgan.
Bundan tashqari, 2027-yildan Rossiyada ishlamaydigan oila aʼzolarini taʼminlaydigan mehnat migrantlari uchun qoʻshimcha soliq joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu qoida voyaga yetmagan farzandlari va qaramogʻidagi boshqa shaxslar bilan birga kelgan xorijliklarga taalluqli boʻladi.




