Daniya parlamenti AQShning Grenlandiyadagi harbiy obyektlardan kengaytirilgan foydalanish huquqini maʼqulladi
Daniya va Grenlandiya Vashington bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning yangi shartlarini kelishib oldi.

Kelishuv 2026-yil 22-sentabrda imzolangan, noyabr oyida esa uni har ikki hudud parlamenti maʼqullagan. Hujjat 1951-yildagi harbiy hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomani toʻldiradi.
Kelishuvlarga koʻra, AQSh amaldagi Pituffik harbiy bazasidagi faoliyatini kengaytirishi, shuningdek, Narsarsuaq va Mestersvig hududlarida qoʻshimcha mudofaa obyektlarini barpo etishi mumkin. Bundan tashqari, kelishuv Amerikaning «Oltin gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimini joylashtirish imkonini nazarda tutadi.
Shu bilan birga, Grenlandiya Daniya qirolligi tarkibidagi oʻzini oʻzi boshqaruvchi hudud boʻlib qoladi. Hujjat, shuningdek, uning aholisi orolning kelajagini mustaqil belgilash huquqiga ega ekanini tasdiqlaydi.
Kelishuv Arktikadagi xavfsizlikni mustahkamlash hamda NATOga kirmaydigan davlatlarning harbiy va iqtisodiy taʼsirini cheklashga qaratilgan.




