Toshkentda isitish 9-noyabrdan yoqila boshlaydi
2026–2027-yillar isitish mavsumini boshlash haqidagi qarorni Toshkent hokimi Shavkat Umurzakov imzoladi. Issiqlik 9-noyabrdan boshlab bosqichma-bosqich ulanadi.
7-noyabr, 15:47

9-noyabrdan issiqlik avvalo ijtimoiy soha obyektlariga — maktablar, bogʻchalar, shifoxonalar va boshqa muassasalarga berila boshlaydi. Koʻp qavatli uylar ham shu kuni ulanadi, ishlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Toʻlov amalda ulangan kundan boshlab hisoblanadi. Sana boshqaruv kompaniyasi imzolaydigan ikki tomonlama dalolatnomada qayd etiladi.
Agar xonadon bir tekis isinamasa, boshqaruv kompaniyasi yoki uy-joy mulkdorlari shirkatiga murojaat qilish kerak.




