Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 11 911,71EUR 13 319,67RUB 146,49Chorshanba, 4-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot va moliya

XEA: dunyoda gaz taqchilligi 2027-yilda ham saqlanib qolishi mumkin

Xalqaro energetika agentligi (XEA) jahon gaz bozorida taklif taqchilligi 2027-yilda ham saqlanib qolishi mumkinligidan ogohlantirdi. Yevropa 2013-yildan beri omborlardagi gaz zaxiralari eng past darajada boʻlgan holda isitish mavsumiga kiryapti, deb xabar beradi OilPrice.

4-noyabr, 16:49

Taranglikning asosiy sababi — Yaqin Sharqdagi mojaro fonida suyultirilgan tabiiy gaz (SNG)ni Ormuz boʻgʻozi orqali yetkazib berishdagi uzilishlar. Martdan oktabrgacha Qatar va BAA dan joʻnatmalar 60 mlrd kub metrdan koʻproqqa qisqardi. Boshqa mintaqalardan qoʻshimcha eksport yoʻqotishlarning faqat bir qismini qopladi.

XEA prognoziga koʻra, 2026-yilda dunyo boʻyicha SNG yetkazib berish 3 foizga qisqaradi. Yevropadagi zaxiralarning pastligi Osiyodagi xaridorlar bilan gaz uchun raqobatni kuchaytiradi va narxlarning yuqori boʻlib qolishiga sabab boʻlishi mumkin. 2027-yil yozida Yevropa mamlakatlariga gaz omborlarini faol ravishda toʻldirish talab etiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing