Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel sovrindorlari eʼlon qilindi
Karl Deysserot, Peter Hegemann va Georg Nagel optogenetika boʻyicha kashfiyotlari uchun mukofotga loyiq deb topildi, deya maʼlum qildi Nobel mukofoti qoʻmitasi.
6-oktabr, 21:10

Syed07 / Wikimedia Commons
Olimlarning ishlari yorugʻlik bilan boshqariladigan ion kanallari orqali tirik miyada xotira, hissiyot va xulq-atvorni oʻrganish imkonini beradi.
Optogenetika asab hujayralarini yorugʻlik yordamida faollashtirish yoki ularning faoliyatini toʻxtatish usulidir. Texnologiyadan koʻrish qobiliyatini tiklash, shuningdek, ayrim nevrologik va ruhiy kasalliklarni oʻrganish hamda davolash imkoniyatlari tadqiq qilinmoqda.




