Demis Hassabis kompaniyasi AI yordamida dori yaratish uchun $5 mlrd jalb qildi
Google DeepMind sobiq rahbari Demis Hassabis asos solgan Isomorphic Labs Series C raundida $5 mlrd jalb qildi. Mablagʻ AI yordamida dori ishlab chiqishga yoʻnaltiriladi.

Seshanba kuni Isomorphic Labs $5 mlrd jalb qilganini maʼlum qildi. Raundga Greenoaks va Sequoia Capital birgalikda yetakchilik qildi, unda Andreessen Horowitz ham ishtirok etdi. Googleʼning bosh kompaniyasi Alphabet ham investorlar qatoridan joy oldi.
Moliyalashtirish Hassabis DeepMind bosh direktori lavozimidan ketganidan taxminan uch yarim oy oʻtib amalga oshdi. U 2021-yilda DeepMind tarkibidan ajralib chiqqan Isomorphic Labs kompaniyasiga hamon rahbarlik qilmoqda.
Startap oʻzining dori vositalarini loyihalash tizimi hamda AI asosidagi terapevtik nomzodlar portfelini ishlab chiqmoqda. Hassabisning aytishicha, yangi mablagʻlar fundamental biologik modellar yaratish, tizimli kasalliklarni chuqurroq oʻrganish va dastlabki dasturlarni klinik sinovlarga olib chiqish imkonini beradi.
Dealroom platformasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilda dori izlash bilan shugʻullanuvchi startaplar $23,2 mlrd jalb qildi — bu rekord koʻrsatkich. May oyida Isomorphic Labs Series B raundida $2,1 mlrd jalb qilgan edi. Aprelda OpenAI Novo Nordisk bilan hamkorlik tuzdi, iyunda esa Anthropic AI yordamida dori izlash dasturini ishga tushirganini eʼlon qildi.




