OAV: Telegram hammuassisi Nikolay Durov uylandi va ota boʻldi
Telegram hammuassisi Nikolay Durov ilk bor nikohdan oʻtdi, shuningdek, ota boʻldi. Bu haqda Baza Telegram kanali xabar bermoqda.
17-noyabr, 19:48

Telegram-канал Ateo Breaking
Nashr maʼlumotlariga koʻra, 45 yoshli dasturchi Dubaydagi Rossiya Bosh konsulxonasida nikohini rasmiylashtirgan. Uning rafiqasi 34 yoshli Aleksandra boʻlib, u Xitoy va xalqaro munosabatlar boʻyicha mutaxassis.




