Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Avstraliyaning Coles chakana savdo giganti kiberhodisani tekshirmoqda

Coles IT tizimlaridagi hodisani tekshirmoqda, ammo mijozlar, xodimlar yoki yetkazib beruvchilar maʼlumotlari sizdirilganiga hozircha belgi topmadi. Doʻkonlar va onlayn xizmatlar ishlamoqda.

16-noyabr, 23:23

Avstraliyaning Coles Group kompaniyasi kiberxavfsizlik bilan bogʻliq hodisani tekshirayotgani va IT muhitini himoya qilish uchun tashqi mutaxassislarni jalb qilganini maʼlum qildi. Kompaniya, shuningdek, Avstraliya Kiberxavfsizlik markazi, boshqa tegishli idoralar va regulyatorlar bilan hamkorlik qilmoqda.

Tekshiruv natijalariga koʻra, Coles hozircha mijozlar, xodimlar yoki yetkazib beruvchilarning maʼlumotlari buzilgani yoki uning tizimlaridan olib chiqilganiga dalil topmadi. Kompaniya hodisani qachon aniqlagani yoki tovon puli talab qilingani haqida maʼlumot bermadi. Hozircha birorta yirik xakerlar guruhi hodisaga aloqadorligini maʼlum qilmagan.

Xaridorlar Coles doʻkonlari va onlayn platformalaridan odatdagidek foydalanishlari mumkin. Hodisa Flybuys sodiqlik dasturi hisoblari, Coles Plus va Coles Plus Delivery obunalari, shuningdek, QuiteLike xizmatiga ham taʼsir koʻrsatmagan. Shu bilan birga, oz sonli mijozlar Liquorland buyurtmalarini olishda muammolarga duch kelgan, biroq Coles buni kiberhodisa bilan bogʻlamadi.

Kompaniya shaxsiy maʼlumotlarni taqdim etishni soʻraydigan xabarlar, shubhali havolalar hamda ehtimoliy firibgar qoʻngʻiroqlar, xatlar yoki SMS-xabarlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishga chaqirdi. Foydalanuvchilarga akkauntlari uchun murakkab va noyob parollar oʻrnatish, ularni turli xizmatlarda takroran ishlatmaslik tavsiya etildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media