Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

«Manchester Yunayted» yosh iqtidori Jey-Jey Gabrielni £350 ming evaziga yoʻqotib qoʻyishi mumkin

Klub 16 yoshli hujumchiga stipendiya shartnomasini taklif qildi, biroq futbolchi deyarli aniq jamoani tark etadi, deb xabar bermoqda Guardian Sport.

9-oktabr, 13:10
Nat Callaghan / Unsplash

«Manchester Yunayted» futbolchi huquqlarini saqlab qolish uchun Jey-Jey Gabrielga rasman kelasi mavsum uchun stipendiya shartnomasini taklif qildi. Biroq klub rahbariyati bilan kelishmovchilik sababli 11 yoshidan beri jamoa safida toʻp tepib kelayotgan hujumchi, katta ehtimol bilan, boshqa klubga oʻtadi.

Premer-liga qoidalariga koʻra, agar Gabriel Yevropa klubiga oʻtsa, «Yunayted» qariyb £350 ming miqdorida tovon puli oladi. Futbolchi boshqa ingliz klubiga oʻtgan taqdirda esa, keyingi transferidan olinadigan 20 foiz ulushni hisobga olganda, bu summa £3 mln gacha oshishi mumkin. Avvalroq «Liverpul» va «Chelsi» oʻrtasidagi shunga oʻxshash mojaro Rio Ngumohu uchun £2,8 mln tovon puli toʻlanishi bilan yakunlangan.

Gabriel uch haftadan koʻproq vaqt davomida mashgʻulotlarda koʻrinmadi. Manbaga koʻra, klub uning ahvolidan xabar olish uchun futbolchi bilan bogʻlanishga uringan. Ketishining asosiy sababi — asosiy jamoada oʻynash vaqti borasidagi kelishmovchiliklar. Futbolchiga daʼvogarlar orasida «Real Madrid», «Barselona», «Bavariya» va PSJ bor.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media