Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 010,45EUR 13 200,69RUB 145,64Chorshanba, 18-noyabr 2026-yil
Madaniyat

Harry Styles «Grammy-2027» mukofotiga birorta ham nominatsiya olmadi

Britaniyalik xonanda Harry Styles «Grammy» mukofotining 69-taqdirlash marosimida birorta ham nominatsiyaga ega boʻlmadi. Bu haqda Rolling Stone nashri eʼtibor qaratdi.

18-noyabr, 18:05
rollingstone.com

Musiqachi oʻzining toʻrtinchi yakkaxon studiya albomi boʻlgan Kiss All the Time. Disco, Occasionally bilan birorta ham nominatsiya olmagan. Ushbu reliz xonandaning avvalgi ishlaridan sezilarli darajada farq qiladi va elektron musiqa, raqsga yoʻnaltirilgan rok hamda pop-musiqa unsurlarini oʻz ichiga oladi.

Stylesning nominantlar qatorida yoʻqligi joriy mavsumdagi eng koʻp muhokama qilingan kutilmagan holatlardan biriga aylandi. 2023-yilda uning avvalgi albomi Harryʼs House «Yil albomi» nominatsiyasida «Grammy» mukofotini qoʻlga kiritgan, «As It Was» qoʻshigʻi esa bir nechta mukofotga nomzod boʻlgan.

Rolling Stone sharhlovchisining fikricha, yangi plastinka yanada eksperimental boʻlib chiqdi va xonandaning avvalgi xitlari kabi ommaviy aks-sado olmadi.

«Grammy-2027»da nominatsiyalar soni boʻyicha Raye yetakchilik qildi — u 11 ta nominatsiyaga ega boʻldi. Taqdirlash marosimi 2027-yil 7-fevralga rejalashtirilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media