Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Sport

Lindsi Vonn oyogʻidagi toʻqqizinchi operatsiyasini boshdan kechirdi, unga oldingi xochsimon bogʻlam almashtirildi

Togʻ changʻisi boʻyicha Olimpiya chempioni, amerikalik Lindsi Vonn oyogʻidagi toʻqqizinchi operatsiyasini boshdan kechirdi.

17-noyabr, 16:40

Jarrohlar besh soatdan koʻproq ishladi: ular bitib ketgan suyakdan barcha metall plastinalar va vintlarni olib tashladi, shuningdek, oldingi xochsimon bogʻlamni almashtirdi.

Vonn 2024/25-yilgi mavsumda besh yillik tanaffusdan soʻng katta sportga qaytdi. 2026-yilgi Olimpiadaga bir oy qolganida u xochsimon bogʻlamini uzib oldi, ammo baribir Olimpiadada qatnashishga qaror qildi. Tezlikka tushish bahsida sportchi katta tezlikda yiqildi va trassadan vertolyotda olib chiqildi. Keyinroq uning katta boldir suyagi singani maʼlum boʻldi.

Dastlabki toʻrtta operatsiya yiqilishdan soʻng darhol Trevizo shahridagi shifoxonada shoshilinch tarzda oʻtkazildi. Kompartment-sindrom sabab shifokorlar oyogʻini amputatsiyadan saqlab qolishga, shuningdek, boldir va toʻpiqdagi murakkab sinishni dastlabki barqarorlashtirishga majbur boʻldi. Bahor va yoz oylarida yana toʻrtta jarrohlik aralashuvi amalga oshirildi. Bu muolajalar davomida suyaklar yakuniy ravishda joyiga keltirilib, titan konstruksiyalar bilan mahkamlandi.

Vonn ijtimoiy tarmoqlarda operatsiya muvaffaqiyatli oʻtgani va allaqachon uyiga chiqarilganini maʼlum qildi. Sportchi toʻliq tiklanish sari soʻnggi bosqichga chiqqanini aytib, shifokorlar, AQSh terma jamoasi va yaqinlariga qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media