RUUZEN
Soʻnggi yangiliklarChorshanba, 7-oktabr 2026-yil
MB kursi1 USD 11790.79 UZS1 EUR 13285.86 UZS1 RUB 137.78 UZS07.10.2026
Reklama
Reklama
Fan va salomatlik

Oʻzbekistonning dori narxlarini maqbullashtirish loyihasi xalqaro mukofotni qoʻlga kiritdi

Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi preparatlar narxini pasaytirish hamda bozor shaffofligini oshirishga qaratilgan tashabbusi uchun CPHI Pharma Awards 2026 mukofotiga sazovor boʻldi.

Muharrir: Азиза7-oktabr, 21:36По-русски

“Making Medicines Affordable in Uzbekistan” loyihasi CPHI Pharma Awards 2026 doirasida “Excellence With Purpose” nominatsiyasida gʻolib chiqdi. Mazkur mukofot referent narx shakllantirish tizimi, dori vositalari narxining raqamli monitoringi hamda preparatlar qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ochiqligi yoʻlga qoʻyilgani uchun berildi.

Taqdirlash marosimi 6-oktabr kuni Milanda boʻlib oʻtdi. Referent narxlar tizimi dori-darmonlarning asossiz qimmatlashib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ularning narxini muntazam tahlil qilib boradi. Narxlar haqidagi maʼlumotlar esa aholi uchun ochiq eʼlon qilinadi.

CPHI Pharma Awards mukofoti farmatsevtika sohasida bemorlar uchun dori vositalaridan foydalanish imkoniyatini yaxshilaydigan ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni eʼtirof etadi.

Manba: UzDaily

Yana oʻqing