AQShda tibbiy samolyot halokatga uchradi, olti kishi halok boʻlgan deb taxmin qilinmoqda
Qidiruv ishlari 66 soat davom etib, omon qolganlar topilmagach 4 oktabr kuni toʻxtatildi, deb xabar beradi Reuters.

Tasvir sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan va hujjatli surat emas
Kanadada roʻyxatdan oʻtgan Gulfstream G100 samolyoti 3 oktabr kuni Nantaket oroli yaqinida halokatga uchragan. U Latitude Air Ambulance kompaniyasiga tegishli boʻlib, bortda ikki uchuvchi, ikki tibbiy xodim, bir bemor va uning yaqin kishisi boʻlgan.
Ekipaj elektr tizimida nosozlik yuzaga kelgani haqida xabar bergach, favqulodda holat eʼlon qilingan va aloqa uzilgan. Qutqaruvchilar samolyot parchalarini topgan. Halokat sababi hozircha aniqlanmagan, AQSh va Kanada idoralari tergov olib bormoqda.
Reklama
ReklamaReklama beruvchilar uchun
Birlamchi manba: Reuters
Material quyidagi nashr asosida tayyorlandi: zamin.uz

