Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Norvegiya dunyoda birinchi boʻlib jamoat joylarida aqlli koʻzoynaklarni taqiqlashga tayyorlanmoqda

Hukumat ushbu qurilmalar odamlarning, ayniqsa bolalar toʻplanadigan joylarda ularning roziligisiz suratga olishi, video va ovoz yozib olishi mumkinligidan xavfsiramoqda.

6-oktabr, 15:40
Republish · SI

Norvegiya hukumati shaxsiy daxlsizlik muhim boʻlgan joylarda aqlli koʻzoynaklardan foydalanishni vaqtincha taqiqlash boʻyicha qonun loyihasini parlamentga kiritadi. Gap tibbiyot muassasalari, kiyinish xonalariga ega sport zallari, maktablar, bolalar bogʻchalari, istirohat bogʻlari va savdo markazlari haqida bormoqda.

Taqiq ommaviy tadbirlarga, jumladan konsertlar va sport musobaqalariga ham taalluqli boʻlishi mumkin. Agar koʻzoynaklar ijtimoiy ahamiyatga ega maqsadlarda ishlatilsa, zaif qatlamlar uchun istisnolar joriy etilishi mumkin. Vaqtinchalik choralar masalani oʻrganib chiqish va doimiy qoidalarni ishlab chiqish imkonini beradi.

Raqamlashtirish vaziri Torgeyr Mikelsen qurilmalarni toʻliq taqiqlash rejalashtirilmaganini taʼkidladi — ular shaxsiy foydalanish va ayrim jamoat hududlari uchun ochiq qoladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media