Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Madaniyat

Jonni Depp ishtirokidagi «Skruj» filmi jahon kinoprokatida yetakchilik qildi

Film debyut haftasi oxirida 42 mln dollar yigʻib, sakkiz yil ichida aktyor ishtirokidagi prokatda birinchi oʻrinni egallagan ilk studiya loyihasiga aylandi.

17-noyabr, 01:00

Jonni Depp bosh rolni ijro etgan yangi «Skruj» filmi jahon kinoprokatida birinchi oʻrindan start oldi. Paramount Pictures maʼlumotlariga koʻra, film debyut haftasi oxirida 42 mln dollar ishlab topdi — bu summa uning ishlab chiqarish byudjetidan allaqachon oshib ketgan.

Film Charlz Dikkensning «Rojdestvo qoʻshigʻi» qissasi asosida suratga olingan. Depp Rojdestvo arafasida oʻtmish, bugun va kelajak arvohlariga duch keladigan xasis boy Ebeneyzer Skruj rolini ijro etdi. Film rejissyori «Perl» va «Maksin XXX» filmlari bilan tanilgan Tay Uest boʻldi.

Bu Depp ishtirokidagi sakkiz yil ichida prokatda yetakchilik qilgan ilk studiya filmidir. Ember Herd bilan sud jarayonidan keyin aktyor yirik Gollivud loyihalarida deyarli koʻrinmay qoʻydi. Uning katta ekranga qaytishi 2023 yilda «Janna Dyubarri» tarixiy dramasi bilan yuz berdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media