Antonelli chempionlik unvonidan soʻng: «Bu faqat boshlanishi»
«Formula-1» chempioni, «Mercedes» vakili Andrea Kimi Antonelli 2026 yilgi mavsumning soʻnggi poygalariga qanday kayfiyatda yaqinlashayotgani haqida gapirdi.

Italiyalik poygachining aytishicha, chempionlik unvoni uning gʻalabaga boʻlgan ishtiyoqini soʻndirmagan, aksincha, u avvalgidan ham koʻproq gʻalaba qozonishni istayapti.
«Gʻalaba hissi inson boshdan kechirishi mumkin boʻlgan eng kuchli tuygʻulardan biridir. Shu sababli bu tuygʻuni qayta-qayta his qilishni istaysan, chempionlik esa bu ishtiyoqni yanada kuchaytirdi.
Men uchun mavsumning yakuniy bosqichlari allaqachon 2027 yilga tayyorgarlikning bir qismiga aylangan. Bu mavsumni munosib yakunlashni va imkon boʻlsa, yana gʻalaba qozonishni istayman. Keyin esa navbatdagi mavsumni ishonch bilan boshlash va natijani takrorlashga urinib koʻrish niyatidaman. Hamma narsa endi boshlanmoqda.
Bu yil mashina juda tezkor boʻldi va 2027 yilda ham tezligini saqlab qolishiga umid qilaman. Jamoaga ishonaman. Oʻz navbatimda, yangi mavsumga yanada yaxshi sport formasida kirishga harakat qilaman. Gʻalaba qozonish istagi va ichki ishtiyoqim yoʻqolgani yoʻq», — dedi Antonelli.




