Mayk Mayers Ostin Pauers haqidagi toʻrtinchi film ustida ishlamoqda
Aktyor Mayk Mayers «Ostin Pauers» komediya franshizasining toʻrtinchi qismi ssenariysini yozayotganini tasdiqladi. Shuningdek, u Eshak haqidagi alohida multfilmda Shrek paydo boʻlishi mumkinligini aytdi, deb xabar bermoqda The Hollywood Reporter.

Mayersning soʻzlariga koʻra, yangi «Ostin Pauers» ustidagi ishlar allaqachon boshlangan, biroq u syujet tafsilotlarini oshkor qilmadi. Britaniyalik superagent haqidagi parodiya turkumining avvalgi qismi 2002 yilda chiqqan. Davomiy filmning chiqish muddati hozircha nomaʼlum.
Aktyor «Shrek» olamini rivojlantirish rejalari haqida ham soʻzlab berdi. 2027 yilda u franshizaning beshinchi multfilmida yashil ogrenni yana ovoz beradi.
2028 yil 30 iyunga Shrekning gapdon hamrohi kelib chiqishi haqidagi alohida hikoya — «Eshak» multfilmining premyerasi rejalashtirilgan. Qahramonga ovoz berishga Eddi Merfi qaytadi.
Mayers hozircha Shrek yangi multfilmda paydo boʻladimi-yoʻqmi, bilmasligini tan oldi, biroq loyihani uzoq vaqtdan beri pishib yetilgan deb atadi. Aktyorning oʻzi franshiza ustidagi ishlarni beshinchi qismdan keyin ham davom ettirishni istashini aytdi.




