Oʻzbekiston toʻqqiz daqiqada ikki toʻp farqidagi ustunlikni boy berib, Rossiyaga 2:3 hisobida yutqazdi
Oʻzbekiston milliy jamoasi Toshkentda Rossiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida 2:3 hisobida magʻlub boʻldi. Jamoa tanaffusdan soʻng 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi.
12-noyabr, 22:59

Uchrashuv «Paxtakor» stadionida boʻlib oʻtdi. Beshinchi daqiqada Rossiya terma jamoasi himoyachisi Viktor Melyoxin toʻpni oʻz darvozasiga kiritib qoʻydi.
46-daqiqada mezbonlar ustunligini Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi Behruz Karimov oshirdi. Shundan soʻng Rossiya toʻqqiz daqiqa ichida uchta gol urdi: Nikolay Komlichenko 70- va 75-daqiqalarda, Aleksey Miranchuk esa 79-daqiqada gol muallifiga aylandi.




