Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

AGR Votourʼning ikkinchi modelini ishlab chiqarishni boshladi

Sestroretskda V6 krossoverini — Xitoyning Soueast S06 modeli nusxasini ishlab chiqarish boshlandi. Mashinalar kuzovlarni payvandlash va boʻyashni ham oʻz ichiga olgan toʻliq sikl boʻyicha yigʻiladi.

13-noyabr, 21:29

Ishlab chiqarish sobiq Hyundai Motor zavodida yoʻlga qoʻyildi. Avtomobillar uchun korroziyaga qarshi himoya koʻzda tutilgan: yashirin boʻshliqlarga mum ishlanadi, shuningdek, korroziyaga qarshi, shagʻalga qarshi va shovqindan himoyalovchi qoplamalar surtiladi.

Votour V6 Rossiya bozorida qaysi dvigatel modifikatsiyasiga ega boʻlishi hozircha maʼlum qilinmagan. Original Soueast S06 Rossiyada 3 029 000 rubldan sotiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media