Disneyʼning yangi «Yulduzlar jangi» filmiga xarajatlari 226,5 mln dollarga yetdi
Britaniyaning soliq imtiyozlari dasturi studiyaga allaqachon 51,5 mln dollarni qaytardi, «Yulduzlar jangi: Yulduzli qiruvchi» filmi uchun yakuniy xarajatlar esa hali nomaʼlum.
27-oktabr, 16:24

cdnrrviubnyuntopbez5.svc.cdn.yandex.net · Кадр из к/ф «Проект «Конец света»
Rejissyor Shon Levining filmi ishlab chiqarish budjeti Disneyʼning shoʻba kompaniyasi Blue Mist Productions (UK) hisobotiga koʻra, 226,5 mln dollarga yetgan. Kompensatsiya hisobga olingach, sof xarajatlar qariyb 175 mln dollarni tashkil etgan.
Film syujetiga koʻra, Rayan Gosling isteʼfodagi dushman qiruvchi samolyotida Flinn Grey qahramoni bilan birga yoʻlga chiqadigan kinoyali firibgar rolini ijro etadi. Filmda, shuningdek, Emi Adams, Mett Smit va Mia Got suratga tushadi. Premyera 2027-yil may oyiga rejalashtirilgan.




