Ilon Mask yana yagona trillionerga aylandi
Tesla bosh direktori Ilon Mask boyligi 1,046 trln dollarga yetib, dunyoning yagona trillioneri maqomini qaytardi, deb yozadi Forbes.

Tasvir sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan va hujjatli surat emas
SpaceX aksiyasi dushanba kungi savdolarda 171,09 dollarga chiqib, iyun oyidan beri eng yuqori darajasiga koʻtarildi. Mask boyligining katta qismi SpaceX va Teslaʼdagi ulushlariga bogʻliq, shuning uchun bu kompaniyalar aksiyalari narxi uning umumiy mablagʻiga taʼsir qiladi.
Mask boyligi 16 iyun kuni 1,32 trln dollarga yetgan edi. Dushanba kungi reytingda Amazon asoschisi Jeff Bezos 371 mlrd dollar, Google hammuassisi Larri Peyj esa 284 mlrd dollar bilan undan keyingi oʻrinlarni egalladi.
Reklama
ReklamaReklama beruvchilar uchun
Birlamchi manba: Forbes
Material quyidagi nashr asosida tayyorlandi: Business Insider
