Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Sport

UEFA Ijroiya qoʻmitasi Fransiya futboli rahbari Dialloning FIFA prezidenti lavozimiga nomzodini bir ovozdan qoʻllab-quvvatladi

Qaror UEFA prezidenti Aleksander Cheferin raisligida oʻtkazilgan maxsus Ijroiya qoʻmitasi yigʻilishida bir ovozdan qabul qilindi.

17-noyabr, 11:19

Milliy assotsiatsiyalar Dialloni oʻz nomzodini ilgari surishga taklif qilib, unga Yevropa blokining toʻliq qoʻllab-quvvatlashini vaʼda qildi.

UEFA FIFAning hozirgi rivojlanish yoʻnalishidan jiddiy xavotir bildirdi. Yevropa assotsiatsiyalari jahon futbolida birlik va ishonchni tiklash, shuningdek, tashkilotning milliy assotsiatsiyalar va konfederatsiyalar bilan yanada yaqin hamkorlik qilishi tarafdori ekanini maʼlum qildi.

Fransiya futbol federatsiyasi Ijroiya qoʻmitasi Dialloning nomzodini ertaga kutilayotgan yigʻilishda rasman tasdiqlashi kerak.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media