Apple 2027-yilda 1000 dollarlik uy robotini chiqarishi mumkin
Apple FaceTime orqali qoʻngʻiroq qilish va chiroqlarni avtomatik yoqish uchun uy robotini ishlab chiqmoqda. Kompaniya uni 2027-yilda chiqarishi mumkin, biroq ishga tushirish 2028-yilgacha kechiktirilishi ehtimoli bor.

The Information maʼlumotlariga koʻra, Apple bosh direktori Jon Ternus uy uchun robot ishlab chiqilishini ilgari surmoqda. J595 kod nomli qurilma robotlashtirilgan qoʻlga oʻrnatilgan toʻqqiz dyuymli displeyga ega boʻladi. Videoqoʻngʻiroqlar vaqtida bu qoʻl ekranni insonning harakatini kuzatib burishi mumkin. Robot, shuningdek, xonada odam paydo boʻlganda chiroqlarni avtomatik yoqa oladi.
Apple robotni 2027-yilda taxminan 1000 dollar narxda chiqarishni rejalashtirmoqda, biroq butlovchi qismlar narxi sabab uning qiymati yuqoriroq boʻlishi mumkin. Ishlab chiqish kechiksa, reliz 2028-yilgacha koʻchirilishi ehtimoli bor. Qurilmaga yangi statsionar HomeView displeyi nomiga oʻxshatib, HomeView Ultra nomi berilishi mumkin.
J595 loyihasi ustidagi ishlar 2019-yilda boshlangan, uning dastlabki prototiplari esa 2010-yillarning oxiridayoq paydo boʻlgan. Tim Kuk loyihani davom ettirishga ruxsat bergan. The Information maʼlumotlariga koʻra, muhandislar bir necha yildan beri dasturiy taʼminotni takomillashtirib, sunʼiy intellektni qoʻshmoqda va robot imkoniyatlarini FaceTime orqali qoʻngʻiroq qilishdan tashqari yoʻnalishlarda ham kengaytirishga urinmoqda.




