Rospotrebnadzor Gruziyada ishlab chiqarilgan Coca-Cola va boshqa ichimliklarni olib kirish hamda sotishni taqiqladi
Taqiqlangan mahsulotlar roʻyxatidan, shuningdek, Gruziyaning bir nechta ishlab chiqaruvchilariga tegishli vinolar, pivo va mineral suv ham joy oldi, deb xabar beradi RBK.

Условия / Shartlar / Terms
Own work · Изменён размер и формат файла.Rospotrebnadzor Gruziyadan Rossiyaga ayrim ichimliklarni yetkazib berish va sotishni vaqtincha chekladi. Bunga mahsulotlarning taʼm va boshqa organoleptik xususiyatlari, fizik-kimyoviy koʻrsatkichlari hamda xavfsizligiga qoʻyilgan talablarga mos kelmasligi aniqlangani sabab boʻldi. RBK xabariga koʻra, cheklovlar Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Kengashining qarori asosida joriy etilgan.
Cheklovlar Gruziyada ishlab chiqarilgan Coca-Cola, «Nabeglavi» mineral suvi, bir qator gruzin ishlab chiqaruvchilarining vinolari, «Gruziya pivo kompaniyasi»ning pivosi va konyakka nisbatan qoʻllanadi. Chakana savdo kompaniyalari assotsiatsiyasi (AKORT) maʼlum qilishicha, uyushmaga kiruvchi savdo tarmoqlari sanab oʻtilgan mahsulotlarni savdodan olib tashlashga allaqachon kirishgan.
AKORT rahbari Stanislav Bogdanov mahsulotlar xavfsizligini taʼminlash chakana savdo tarmoqlarining asosiy vazifalaridan biri boʻlib qolayotganini taʼkidladi.

