WSJ: AQSh oʻnlab mamlakat tovarlariga bojlarni oshirmoqchi
AQSh bu hafta YI, Xitoy va yana oʻnlab mamlakat tovarlariga bojlarni oshirishni eʼlon qilishi mumkin. Maʼmuriyat ularning sanoatiga davlat yordami amerikalik kompaniyalarga zarar yetkazmoqda, deb hisoblaydi.
Yaqin kunlarda AQSh savdo vakili Jeymison Grir Xitoy, Yevropa Ittifoqi va yana 14 mamlakatdagi sanoat subsidiyalari boʻyicha tergov natijalarini taqdim etishi kutilmoqda.
AQSh maʼmuriyati subsidiyalar va davlatning boshqa koʻmaklari ishlab chiqarish quvvatlarining ortiqchaligiga olib keldi, deb hisoblaydi. Maʼmuriyat fikricha, shu sabab bu mamlakatlar kompaniyalari jahon bozorini arzon tovarlar bilan toʻldirib yubordi va bu amerikalik ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga putur yetkazmoqda.
Gazeta suhbatdoshlarining taʼkidlashicha, javob choralarini eʼlon qilish muddati hali oʻzgarishi mumkin.




