Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Yevropada tabiiy gaz narxlari yaqinlashayotgan sovuq havo fonida 8,6 foizga oshdi

Hafta boshida Yevropadagi TTF gazining narxi 8,6 foizga oshib, 1 MVt·soat uchun 96,075 yevroga yetdi. Bozor rekord darajada past zaxiralar fonida sovuq havo kutilayotgani haqidagi prognozlarga munosabat bildirdi.

23-noyabr, 20:10
oilprice.com

TTF etalon shartnomasi qiymati bir haftadan ortiq vaqt ichidagi eng kuchli kunlik oʻsishni qayd etdi. Shu bilan birga, Yevropada gaz narxlari oʻtgan yilning ayni davriga nisbatan qariyb uch baravar oshdi.

Narxlarning koʻtarilishiga asosan urush bilan bogʻliq holda Yaqin Sharqdan suyultirilgan tabiiy gaz eksportidagi uzilishlar sabab boʻldi. QatarEnergyʼning fors-major holati spot bozorida narxlarni oshirdi va yozda yevropalik treyderlar talabini kamaytirdi — odatda aynan shu davrda kompaniyalar gaz omborlarini eng faol toʻldiradi. Ehtimol, treyderlar narxlar yoʻnalishi oʻzgarishini kutib, yirik xaridlarni kechiktirgan, biroq Yevropa mamlakatlari isitish mavsumini odatdagidan past zaxiralar bilan boshladi.

Gas Infrastructure Europeʼning rasmiy maʼlumotlariga koʻra, yakshanba kuni Yevropa Ittifoqi omborlari 69,17 foizga toʻlgan boʻlib, ularda qariyb 781 TVt·soat gaz bor edi. Soʻnggi haftalarda ulardan yozda haydalgan gaz hajmining taxminan 10 foizi olingan. Bu esa taʼminotni ehtimoliy keskin sovuqlar oldida zaif holatda qoldirmoqda.

2027-yil 1-yanvardan Rossiya suyultirilgan tabiiy gazini saqlanib qolgan uzoq muddatli shartnomalar boʻyicha import qilish taqiqi kuchga kirgach, vaziyat yanada murakkablashishi mumkin. Bu yil Yevropadagi importchilar Novatekʼning Yamal LNG obyektida ishlab chiqarilgan suyultirilgan tabiiy gazning deyarli barchasini xarid qildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media