Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Sport

Oʻzbekistonda sport raqamlashtiriladi: stadion va zallarni ilova orqali band qilish mumkin boʻladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev sportni raqamlashtirish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi. MySport ilovasida sport obyektlarini band qilish, xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirish va tariflar haqidagi maʼlumotlarni koʻrish imkoniyati paydo boʻladi.

17-noyabr, 18:34
Wikimedia Commons · OSCE Parliamentary Assembly

Qarorda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini toʻliq raqamlashtirish koʻzda tutilgan. Sohani boshqarish uchun yagona ERP sport tizimi joriy etiladi va u boshqa davlat tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi.

MySport orqali pullik xizmatlar koʻrsatadigan davlat va nodavlat tashkilotlarning sport obyektlarini band qilish hamda ijara haqini toʻlash mumkin boʻladi. Foydalanuvchilarga, shuningdek, sport tashkilotlari, sport turlari, tariflar, obyektlarning joylashuvi, aksiyalar va boshqa statistik maʼlumotlar taqdim etiladi. Tizim davlat sport tashkilotlariga qarashli bino va inshootlarni ijaraga berishdan tushgan mablagʻlarni ham hisobga oladi.

2027-yil 1-yanvardan boshlab musobaqa gʻoliblari va sovrindorlari ERP sport orqali QR-kodli diplom hamda sertifikatlarni elektron shaklda ola boshlaydi.

Maktab oʻquvchilarini sportga jalb etish uchun maktablar huzuridagi klub va toʻgaraklar tarmogʻini kengaytirish, jismoniy tarbiya oʻqituvchilari faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash rejalashtirilmoqda. Sport maktablari ishtirokida umumtaʼlim muassasalarida «Maktabdan Sport akademiyasigacha» konsepsiyasi doirasida olimpiya yakkakurashlari va jamoaviy sport turlari boʻyicha kamida bitta toʻgarak ochiladi. Bundan tashqari, Olimpiya terma jamoalari markazi tashkil etiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media