Ronaldinyo 11 yil oʻtib futbolga qaytdi: braziliyalik C seriyasida bir taym oʻynab, golli hujumda qatnashdi
46 yoshli Ronaldinyo 2015 yildan beri ilk bor rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi. «Barselona» va «Milan»ning sobiq yarim himoyachisi Italiya C seriyasida «Ravenna» safida oʻynadi.
16-noyabr, 18:14

«Forli»ga qarshi uchrashuvda braziliyalik futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi va 45 daqiqa oʻynadi. Tanaffusda esa uning oʻrniga boshqa futbolchi tushirildi.
Ronaldinyo golga olib kelgan hujumda ham qatnashdi. U 36-daqiqada toʻpni raqibdan gavdasi bilan himoya qilib, Lorenzo Lonardiga pas berdi. Lonardi esa Julio Donatiga assistentlik qildi va Donati gol urdi.
Ronaldinyo soʻnggi marta 11 yil avval rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan, shundan keyin professional faoliyatini yakunlagan.




