Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Sport

«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi maʼlum boʻldi

«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino boʻladi. Argentinalik mutaxassis Maykl Kerrikning oʻrnini egallaydi, «MYu» esa AQSh futbol federatsiyasiga 8,9 mln yevro tovon puli toʻlaydi.

11-noyabr, 13:59
Wikimedia Commons · Bryan Berlin

Yangi murabbiyning vazifasi oson emas: «MYu» hozir APL jadvalida 18-oʻrinda bormoqda va Chempionshipga tushib ketish xavfi jiddiy.

Pochettino ingliz futbolini yaxshi biladi. «Yunayted» uning faoliyatidagi «Sautgempton», «Tottenhem» va «Chelsi»dan keyingi Angliya Premyer-ligasidagi toʻrtinchi klubi boʻladi. U eng katta muvaffaqiyatiga «Tottenhem» bilan erishgan: 2019 yilda jamoani Chempionlar ligasi finaliga olib chiqqan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media