Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Toshkent viloyatida internet firibgarligida gumon qilinayotgan shaxs ushlandi

Sirdaryo viloyatida yashovchi shaxs internet firibgarligining birdaniga 11 ta holatiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Yetkazilgan zarar 10,6 mln soʻmga baholangan, deb xabar berdi viloyat IIB bosh boshqarmasi.

16-noyabr, 13:47
Unsplash · Brendan Cronin на Unsplash

Tergov versiyasiga koʻra, yosh yigit Instagram va Telegram orqali arzon telefonlar, avtomobil ehtiyot qismlari hamda boshqa mahsulotlarni taklif qilgan. U oldindan toʻlovni olgach, xaridorlarga javob berishni toʻxtatgan. Ishonch uygʻotish uchun eʼlonlarga doʻkonlar va bozorlardan olingan videolar ham ilova qilingan.

Jabrlanganlardan biri — Nurafshon shahrida yashovchi kishi — avtomobil ehtiyot qismlari uchun 1,94 mln soʻm oʻtkazgan, biroq buyurtmasini ololmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media