Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Markaziy Osiyo mamlakatlari uchta yangi qoʻshma loyihani kelishib oldi

Bishkekda Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun BMTning Maxsus dasturi (SPECA) ishtirokchilari transport, savdo va suv resurslarini boshqarish sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.

13-noyabr, 13:05

Uchrashuv yakunlari boʻyicha Bishkek deklaratsiyasi qabul qilindi va uchta loyiha maʼqullandi, deb xabar beradi Avesta.tj.

Birinchi loyiha toʻgʻonlar xavfsizligini oshirishga qaratilgan. Ikkinchi loyiha transport koridorlarini, jumladan, Transkaspiy yoʻnalishini rivojlantirish hamda turli transport turlaridan foydalangan holda tashuvlarni yaxshilashni nazarda tutadi.

Uchinchi loyiha «yashil» iqtisodiyotga bagʻishlangan boʻlib, savdoni soddalashtirish, qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash va kichik hamda oʻrta biznesning raqobatbardoshligini oshirishni koʻzda tutadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Moliyalashtirishni Ozarbayjon, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston badallari hisobidan SPECAning maxsus jamgʻarmasi taʼminlaydi. Hozir jamgʻarma jami oltita loyihani qoʻllab-quvvatlamoqda.

2027-yilda dasturga raislik Oʻzbekistonga oʻtadi.