Berlinda Germaniya texnologiyalarini Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligiga joriy etish masalasi muhokama qilindi
Oʻzbekiston elchisi Dilshod Axatov va Germaniya Qishloq xoʻjaligi vazirligi davlat kotibi Martina Englxardt-Kopf mamlakat agrar sektorini modernizatsiya qilish loyihalarini koʻrib chiqdilar.
Muharrir: Азиза13-oktabr, 16:23

commons.wikimedia.org — Boris Oblak — CC BY-SA 4.0
Условия / Shartlar / Terms
Own work · Изменён размер и формат файла.Uchrashuv Berlinda boʻlib oʻtdi. Tomonlar Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi uchun Germaniya uskunalari va texnologiyalarini, jumladan, chorva mollarini hisobga olishning raqamli tizimlarini yetkazib berish masalasini muhokama qildilar.
Shuningdek, ikki mamlakatning agrosanoat korxonalari va ilmiy institutlari oʻrtasidagi hamkorlik, mutaxassislar tajriba almashinuvi hamda Germaniya delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifiga tayyorgarlik masalalari ham koʻrib chiqildi.
Reklama
ReklamaReklama beruvchilar uchun
Manba: dunyo.info

