Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Markaziy Osiyo mamlakatlari sanoatni ekologiklashtirish uchun yagona raqamli platforma yaratadi

Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston ekologik texnologiyalar hamda korxonalarni modernizatsiya qilish tajribasi bilan almashishga kelishib oldi.

20-noyabr, 21:42

Markaziy Osiyoning toʻrt mamlakati eng yaxshi mavjud texnologiyalar (EMT) boʻyicha mintaqaviy raqamli platforma yaratishga kelishib oldi. Tegishli memorandum Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston vakillari tomonidan BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha 31-konferensiyasi (COP31) doirasida Antaliyada oʻtkazilgan xalqaro sessiya chogʻida imzolandi.

Platforma sanoat korxonalariga atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish, zararli chiqindilarni qisqartirish va tabiiy resurslardan tejamkorroq foydalanish imkonini beradigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda yordam berishi kerak.

Shuningdek, mamlakatlar ekologik texnologiyalar boʻyicha maʼlumotnomalarni birgalikda ishlab chiqish, xalqaro tajriba almashish va sanoatni modernizatsiya qilish yondashuvlarini muvofiqlashtirishni rejalashtirmoqda.

Xalqaro ekspertlar, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) bilan hamkorlikka, shuningdek, Janubiy Koreya va Yevropa davlatlari tajribasini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media