Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Hududdagi tankerlar tanqisligi Ormuz orqali neft eksportini kamaytirishi mumkin

Ummon qoʻltigʻiga yoʻl olgan boʻsh tankerlarning mavjud sigʻimi avgust oxiridan beri qariyb 40% kamaydi. Bu Ormuz orqali neft olib chiqilishini cheklashi mumkin.

20-noyabr, 14:04
Johanan Suarez на Unsplash / Unsplash

Tankerlar uzoq davom etadigan tashuvlar va Ormuz boʻgʻozidan tashqarida neftni bir kemadan boshqasiga yuklash sabab yoʻllarda kechikmoqda. Shu bois Yaqin Sharqdan yangi yuklarni olishga tayyor boʻsh kemalar soni kamaydi.

Bloomberg keltirgan Tankertrackers.com maʼlumotiga koʻra, 16-noyabr holatiga Ummon qoʻltigʻiga yoʻl olgan supertankerlar va Suezmax toifasidagi kemalarning jami sigʻimi 71 mln barrelni tashkil etgan. Avgust oxirida bu koʻrsatkich 130 mln barrelga yetgan edi. Kompaniya hammuassisi Samir Madaniyning aytishicha, neftni qoʻltiqqacha olib chiqishning iloji bor, biroq uni keyin tashish uchun kemalar allaqachon yetarli emas.

Ormuz orqali yetkazib berish hozircha yuqori darajada qolmoqda, garchi noyabrda oktabrga nisbatan kamaygan boʻlsa ham. Windward maʼlumotlariga koʻra, 11–18-noyabr kunlari boʻgʻoz yaqinida beshta tanker shikastlangan. Kemachilik uchun xavflarga qaramay, Xalqaro energetika agentligi joriy chorakning oʻzidayoq neft profitsiti yuzaga kelishini va 2027-yilda zaxiralar yanada sezilarli toʻplanishini kutmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media