Parij meri Emmanuel Greguar GTA VIʼni tun boʻyi oʻynagach, shahar kengashi yigʻilishida uxlab qolgan boʻlishi mumkin
Parij meri Emmanuel Greguar shahar kengashi yigʻilishiga uch soat kechikdi. Foydalanuvchilar bu kechikishni uning GTA VIʼni tunda oʻynagani bilan bogʻlashdi, biroq bunga tasdiq yoʻq.
20-noyabr, 13:24

Ульяна Чухаркина / АГН Москва / vm.ru
Fransiyalik jurnalistlarning xabar berishicha, Greguar ishga tush paytlarida kelgan. Bir kun avval tunda u oʻyinning chiqishigacha qolgan vaqt aks etgan videoni va hissiyotga boy izohni eʼlon qilgan.
Merning oʻzi ham, uning matbuot xizmati ham hozircha kechikish sababini izohlamadi. GTA VI 18 noyabrda chiqdi.




