Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Madaniyat

«Yulduzlar jangi» va Jeyms Bond haqidagi filmlarda suratga tushgan britaniyalik aktrisa vafot etdi

200 dan ortiq film va seriallarda epizodik rollarni ijro etgan britaniyalik aktrisa Tina Simmons Londonda vafot etdi.

17-noyabr, 17:32

Sanʼatkorning vafot etgani haqida uning dugonasi, aktrisa Madlin Smit maʼlum qildi. Daily Mail nashri xabariga koʻra, Simmons oʻz xonadonida hayot alomatlarisiz topilgan. Oʻlim sababi hozircha maʼlum qilinmagan.

Aktrisa faoliyati davomida bir nechta mashhur kino loyihalarida ishtirok etgan. Ular orasida «Yulduzlar jangi. VI qism: Jedaylarning qaytishi», shuningdek, Jeyms Bond haqidagi «Sakkizoyoq», «Qotillikka qarash», «Koʻzlardan chaqnagan uchqunlar», «Oʻl, ammo hozir emas» va «Oʻlishga vaqt yoʻq» filmlari bor.

Bundan tashqari, Simmons «Qorongʻi ritsar» va «Oʻrgimchak odam: Uydan uzoqda» filmlarida ham paydo boʻlgan. Uning koʻplab ishlari film titrlarida qayd etilmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media