XVJ neft, qarz va sunʼiy intellekt sabab jahon iqtisodiyoti uchun xavflardan ogohlantirdi
Jamgʻarma rahbari Kristalina Georgiyeva energiya resurslarining yuqori narxlari, davlatlarning rekord darajadagi qarzi va sunʼiy intellektga investitsiyalar avj olganini iqtisodiy oʻsish uchun asosiy tahdidlar deb atadi.

Условия / Shartlar / Terms
Visit of Kristalina Georgieva, Managing Director of the International Monetary Fund (IMF), to the European Commission · © European Union, 2026 · Изменён размер и формат файла.Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) global iqtisodiyot uchun uchta asosiy xavfni qayd etdi: neft narxlarining barqaror yuqoriligi, davlat qarzining rekord darajasi va sunʼiy intellektga kiritilayotgan investitsiyalarning keskin oʻsishi. Bu haqda XVJ boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva fond va Jahon bankining yillik yigʻilishlari oldidan Singapurda qilgan nutqida maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, byudjet imkoniyatlari cheklangan va energiya resurslari importiga qaram davlatlar oʻsish surʼatlarining sekinlashuvini boshqalarga qaraganda kuchliroq his qiladi. Shu bilan birga, sunʼiy intellektga faol sarmoya kiritayotgan mamlakatlar iqtisodiy turtki olishi mumkin. Georgiyevaning taʼkidlashicha, sunʼiy intellekt uchun uskunalar va u bilan bogʻliq mahsulotlar jahon tovar savdosining oʻndan biridan koʻprogʻiga allaqachon toʻgʻri keladi.
Neft narxlarining bir barrel uchun 100 dollar atrofida boʻlishi inflyatsiyani kuchaytiradi va davlat qarziga xizmat koʻrsatish xarajatlarini oshiradi.


