Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Oʻzbekiston 2027-yilda yangilangan alifboga oʻtishni boshlaydi

Oʻzbekistonda yangilangan alifboga oʻtish dasturi ishlab chiqildi. Qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi, islohot haqidagi qonun esa 2027-yil 22-aprelda kuchga kiradi.

23-noyabr, 10:14

Loyiha toʻrtta harfiy belgini almashtirishni nazarda tutadi: Oʻ oʻrniga Ö, Gʻ oʻrniga Ğ, Sh oʻrniga Ş, Ch oʻrniga Ç qoʻyiladi. Alifbo 28 harf va tutuq belgisidan iborat boʻladi.

Adliya vazirligi hujjat boʻyicha takliflarni 6-dekabrgacha qabul qiladi. Qonun kuchga kirgach, yangi ID-kartalar, xorijga chiqish pasportlari, haydovchilik guvohnomalari, avtomobil texpasportlari va kadastr hujjatlari yangi qoidalar asosida rasmiylashtiriladi. Tayyorlangan blankalardan 2028-yil 1-yanvargacha foydalanishga ruxsat beriladi, avval berilgan hujjatlar esa oʻz kuchini saqlaydi.

1–11-sinflar darsliklarini 2027–2031-yillarda moslashtirish rejalashtirilmoqda. 1-sinf nashrlari maktablarga 2027/2028-oʻquv yilidan yetkazilishi kerak. 5–11-sinf oʻquvchilari uchun imloni baholashning vaqtincha yengillashtirilgan tartibi 2028-yil 1-avgustgacha taklif etildi.

Ishlab chiqaruvchilarga 2027-yil 22-apreldan keyin bir yil davomida qadoqlarni eski va yangi qoidalar asosida chiqarish uchun oʻtish muddati beriladi. 2028-yil 22-apreldan yangi yorliqlarni faqat yangilangan grafikada buyurtma qilish kerak boʻladi, eski materiallardan esa 2029-yil 22-aprelgacha foydalanish mumkin. Yangi tizimni davlatning raqamli platformalari, bank ilovalari, bankomatlar va toʻlov terminallarida ham joriy etish rejalashtirilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media