Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Siyosat

Fransiya yevropaliklarning Moskvaga borishi uchun shart qoʻydi

Yevropalik vakillar Ukraina boʻyicha muzokaralar uchun Moskvaga borishga tayyor, biroq buning uchun muzokara jarayonida toʻlaqonli oʻrin olishlari kerak. Bu haqda Yelisey saroyiga tayanib, Le Figaro yozdi.

21-noyabr, 15:33
pravda.com.ua

Emmanuel Makronning maslahatchisi Parij Moskvaning yevropaliklarning rolini va ularning AQSh hamda Ukraina bilan muzokaralarning navbatdagi raundidagi ishtirokini aniq tan olishini kutayotganini aytdi. Rossiyaning Fransiyada muloqotni rasmiylashtirish haqidagi taklifi esa ijobiy baholandi. Yangi raund Abu-Dabida oʻtkazilishi kutilmoqda va Parijning soʻzlariga koʻra, yevropaliklarsiz u boʻlib oʻtmaydi.

Yelisey saroyida AQShning Ukrainaga NATO Shartnomasining «5-moddasi turidagi» kafolatlarni berish taklifi Kiyevning alyansga qoʻshilishiga teng, deb hisoblanmoqda.

19-noyabr kuni Vladimir Putin Rossiya Yevropa Ittifoqi vakillarini xavfsizlik masalalarini muhokama qilishga taklif qilganini maʼlum qildi. Ertasi kuni TIV rahbari oʻrinbosari Sergey Ryabkov «yevrotroyka» tashrifi ishlab chiqilayotganini tasdiqladi va Moskva Fransiya, Buyuk Britaniya hamda Germaniyadan javob kutayotganini aytdi.

Abu-Dabidagi avvalgi raundda yevropaliklar Rossiya delegatsiyasi bilan umumiy uchrashuvda qatnashmadi, faqat Kiyev va Vashington bilan maslahatlashdi. Vladimir Zelenskiy yevropalik amaldorlarning Moskvaga tashriflarini nooʻrin deb atagan edi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media