Fetisov Gretzkining Rossiyani 2027-yilgi yoshlar JChga qoʻymaslikni qoʻllashini tanqid qildi
Vyacheslav Fetisov Ueyn Gretzkining Kanada Rossiya terma jamoasiga 2027-yilgi yoshlar JCh uchun viza bermaslik haqidagi bayonotini maʼqullashini «buyuk ish emas» deb atadi.

Kanada bosh vaziri Mark Karni mamlakat Rossiya yoshlar terma jamoasi xokkeychilariga 2027-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashish uchun viza bermasligini aytdi. NHL tarixidagi eng yaxshi toʻpurar Ueyn Gretzki bu qarorni qoʻllab-quvvatlab, koʻplab xokkeychilar va Kanada aholisi ham shunday fikrda ekanini bildirdi.
Fetisov Gretzki bilan ilk bor 1977-yilda yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qarshi oʻynaganini aytdi. Ikki karra Olimpiada chempioni fikricha, shundan soʻng kanadalik xokkeychining afsonaviy faoliyati boshlangan. Shu sababli uning hozirgi izohi kutilmagan koʻrinadi.
Fetisov bunday darajadagi xokkeychilar siyosiy ishlarga aralashmasligi kerakligini taʼkidladi. U Gretzki Kanadada emas, AQShda yashashini ham eslatib, xokkeychiga 65 yoshida nima taʼsir qilgan boʻlishi mumkinligini tushunmasligini aytdi.




