Geely yangi yirik besh oʻrinli Galaxy M8 krossoverini taqdim etdi
Geely yangi gibrid Galaxy M8 krossoverining rasmiy suratlarini eʼlon qildi. Model besh oʻrinli salon, elektrda 251 km gacha yurish zaxirasi va haydovchiga yordam berish tizimlari uchun lidar bilan jihozlangan.

Galaxy M8 GEA Evo platformasida yaratilgan boʻlib, dizayni jihatidan yuqori toifadagi Galaxy M9 modeliga yaqin. Avtomobillarning oʻlchamlari bir xil, biroq M9 olti nafar yoʻlovchiga, M8 esa besh nafar yoʻlovchiga moʻljallangan.
Yangilikning uzunligi 5205 mm, kengligi 1999 mm, balandligi esa 1800 mm. Gʻildirak bazasi 3030 mm ga teng.
Kaput ostiga quvvatlanadigan gibrid tizim tarkibida ishlaydigan, quvvati 163 ot kuchiga teng 1,5 litrli turbomotor oʻrnatilgan. Elektr qismi hozircha toʻliq ochiqlanmagan. Eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, avtomobil elektrda 251 km gacha yura oladi.
Avtomobil tomiga lidar oʻrnatilgan. Haydovchiga yordam berish tizimi shahar va tezyurar yoʻllarda navigatsiya asosida harakatlanish, yoʻlak almashtirish hamda avtomatik toʻxtash funksiyalarini qoʻllab-quvvatlashi kerak.
Geely Galaxy M8 ning Xitoy bozoriga chiqishi 2026-yil oxirigacha kutilmoqda. Narxlar va sotuvlar boshlanishining aniq sanasi hozircha eʼlon qilinmagan.




